Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari iyunda ham bo‘ladi

Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari iyunda ham bo‘ladi

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga binoan chet tilini bilish va egallash darajasini baholash imtihonlarini iyun oyida ham tashkil etish belgilandi.

Bunda imtihonlar ingliz, nemis va fransuz tillaridan B2 tilni bilish darajasi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 7-iyunga qadar davom etadi.

Hujjatlar esa 1-iyundan 7-iyunga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida o‘tkaziladigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari 2021-yilning 1-yarim yilligi uchun so‘nggisi bo‘lib, mazkur imtihonlar 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlaridan so‘ng davom ettiriladi.