Abituriyentlar uchun vaqt qadri haqida foydali maslahatlar
Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo’lsa, u ham bo’lsa vaqtdir. Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir. Bir soatning bekor o’tgani – ixtiyorimizda bo’lgan fursatning zoye bo’lganini bildiradi. Holbuki, shu fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi. Fursatni g’animat bilgan odam vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo’lishga haqlidir. Aqlsizlikning eng yomon ko’rinishi – vaqtni bekor o’tkazishdir.
Miqdori ko’p narsa qadr-qiymatini tez yo’qotadi. Har bir inson uchun vaqt eng qimmat tushunchadir. Ammo aql egalari uchun vaqt hech qachon qadrsizlanmaydi. Yuz yil qancha qimmatga ega bo’lsa, soat yoki daqiqaning qadri ham shu kabidir. Vaqt odamiga qarab eng qimmat yoki eng arzon matohdir.
Kishi umrining hamma soatlarini, hattoki daqiqalarini foydali va sog’liqqa muvofiq mashg’ulotlar bilan to’ldirishi kerak, toki qayg’u-alam bosh suqadigan bo’sh joy qolmasin.
Odamlarning o’zaro muomalalarida “bo’sh vaqt” degan ibora tez-tez tilga olinadi. Aslida vaqtning ham isrofi bo’lib, vaqtning isrofi bu – umrning isrofidir. Umr behuda sarf bo’ldimi, demak odam yaxshi ishlarni amalga oshira olmabdi. Insonlar uchun, jamiyat uchun foyda bermabdi. Vaqtning isrofi xuddi mevasiz daraxt kabi umr kechirishdir.
Vaqtdan oqilona foydalanishni hamma o’zicha belgilaydi. Birov kitob o’qishni yaxshi ko’rsa, yana boshqasi sportdan bahra oladi.
Olimlarimiz: “Vaqt hayotdir. Inson hayoti esa uning tug’ilgan vaqtidan toki vafot etgunicha yashab o’tadigan vaqtidir. Eng yaxshi vaqt, hayotini manfaatli ishlar bilan to’ldirgan odamdir”, deganlar.
©️ Nodir Ma’diyev
Shunday ekan, ilm olishdan, vaqtingizni foydali ishlar bilan o’tkazishdan hech qachon charchamang. Shu maqsadda ham “Registon” filiallari deyarli har kuni ilm oluvchi yoshlarga o’z eshiklarini ochadi.