“Eng yaxshi kitobxon-2019” tanlovi g’oliblari diqqatiga!!!
Xabaringiz bor “Registon” o’quv markazi tamonidan “Eng yaxshi kitobxon 2019” tanlovini o’tkazildi. 14-dekabr kuni saytimizda tanlov natijalari e’lon qilindi.
Taqdirlash marosimi
Tanlovning taqdirlash marosimi 15-dekabr, yakshanba kuni, soat 9:00 da Toshkent davlat Moliya institutida bo’lib o’tadi. Taqdirlash marosimiga O’zbekistonning ko’zga ko’ringan yozuvchi va shoirlari hamda televideniyedan jurnalistlar taklif etilgan.
Natijalarda 1-o’rindan 200-o’ringacha bo’lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimida kutib qolamiz. Tadbirda g’oliblar qimmatbaho va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Registon o’quv markazidan uzoqlashmang. Kelgusida bundan-da ajoyib va qiziqarliroq tanlovlar, aksiyalar sizni kutmoqda.
Murojaat uchun: 93-584-27-00