TOPIK imtihoni qanday topshiriladi va kimlarga mo’ljallangan? TOPIK haqida.

TOPIK imtihoni qanday topshiriladi va kimlarga mo’ljallangan? TOPIK haqida.

[vc_row][vc_column][vc_column_text]Xalqaro TOPIK (Test of Proficiency in Korean) imtihoni chet elliklar uchun koreys tilini egallaganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Bugungi kunda imtihon sertifikati Koreya universitetlari bakalavr/magistraturasiga hujjat topshirish va taʼlim olish, koreys tili bilan bogʻliq idoralarga ishga joylashish uchun zarur. Shuningdek, bu imtihonni ishtirokchining bilimini tekshirish uchun ham topshirish mumkin.

TOPIK haqida qisqacha:

Til – koreys tili;

Hujjat topshirish – imtihonga 1-2 oy qolganda 5-10 kun davom etadi;

Tashkilotchi – NIIED (National Institute of International Education)

Rasmiy sayt http://www.topik.go.kr/

Nechta davlatda oʻtkaziladi – 30 dan ortiq;

Yilda necha marta oʻtkaziladi – Koreyada yilda 6 marta, Oʻzbekistonda yilda 2 marta – bahorda va kuzda;

Imtihon uchun toʻlov – Oʻzbekistondagi tashkilotchiga bogʻlanib, aniqlashtirish zarur;

Amal qilish muddati – 2 yil;

Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin – Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Taʼlim Markazi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Talimarjon koʻchasi 3-uy.

Maʼlumot uchun telefon: 291-81-82 (ichki raqam:119); 291-84-24 (ichki raqam:120);

Taʼlim Markazining rasmiy sayti: http://www.tashkec.uz

TOPIK imtihonini topshirish tartibi

Roʻyxatdan oʻtish uchun yoʻriqnoma:

TOPIK imtihoni turlari

TOPIKda ham CEFR kabi 1 dan 6 gacha daraja mavjud.

TOPIK I (초급)– ishtirokchining eshitish, tushunish, xulosa chiqarish va murakkab boʻlmagan jumlalardan maishiy suhbatda foydalana olishiga qarab 200 ballik sistemada, 1 va 2-daraja bilan baholanadi. 100 daqiqa vaqt ajratiladi:

  • tinglab tushunish – 30 ta savol, 40 daqiqa;

  • oʻqish – 40 ta savol, 60 daqiqa.

TOPIK II (중고급) – ikki bosqichda oʻtkaziladi, imtihon topshiruvchining taqriz, maʼlumotnoma, gazeta maqolalari, yoʻriqnomalarni oʻqish, tushunish va yozish malakalari 300 ballik tizimda baholanadi va 3,4,5,6-daraja sertifikatlari beriladi:

1) 1-bosqich uchun 110 daqiqa ajratiladi, ishtirokchining iqtisodiy, ijtimoiy kontekstdagi soʻzlarni tushunishi va ishlatishiga koʻra baho qoʻyiladi:

  • tinglab tushunish – 50 ta savol, 60 daqiqa;

  • yozuv – 4 ta savol, 50 daqiqa;

  • 2-bosqich – oʻqish qismiga esa 50 ta savol, 70 daqiqa ajratiladi.

TOPIK sertifikati quyidagi koʻrinishda boʻladi:

TOPIK darajalari uchun oʻtish ballari:

TOPIK I (초급):

1-daraja – 80 balldan ortiq;

2-daraja – 140 ball va undan yuqori.

TOPIK II (중고급):

3-daraja – 120 ball va undan yuqori;

4-daraja – 150 balldan yuqori;

5-daraja – 190 balldan yuqori;

6-daraja – 230 ball va undan yuqori.

TOPIK imtihonini haqida yana nimalarni bilish kerak? Savollar bormi?

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRnNtZk82RkQlMkYlMjIlMjBmcmFtZWJvcmRlciUzRCUyMjAlMjIlMjBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW4lM0UlM0MlMkZpZnJhbWUlM0U=[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]