Qabul: Oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish muddatlari e’lon qilindi

Qabul: Oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish muddatlari e’lon qilindi

Joriy 2021-2022 o‘quv yili uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari onlayn shaklda muslim.uz saytidagi qabul.muslim.uz elektron portali orqali qabul qilinadi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga:

– 2021 yilning 20 iyunidan 10 iyuligacha (shu kuni ham, soat 18:00 gacha).

Quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

– pasport (elektron shaklda);

– attestat yoki diplom (akademik lisey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlar uchun) elektron shaklda;

– 3,5 x 4,5 hajmdagi fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi) elektron shaklda;

– til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa chet tilini tanlovchilar uchun) elektron shaklda.

Oliy diniy ta’lim muassasalari:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

– 2021 yil 20 iyunidan 20 iyuligacha (shu kuni ham, soat 18:00 gacha).

Hadis ilmi maktabiga:

– 2021 yil 20 iyunidan 10 iyuligacha (shu kuni ham, soat 18:00 gacha).

Quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

– pasport (elektron shaklda);

– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda;

– 3,5 x 4,5 hajmdagi rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi) elektron shaklda;

Tanlov va musobaqa ishtirokchilariga:

– “Yagona olimpiada” tanlovida 2- va 3-o‘rinni egallaganini tasdiqlovchi diplom (elektron shaklda), deya xabar berdi Diniy idora Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi.