Yangi qaror chiqqanidan keyin nodavlat universitetlarning diplomi tan olinmasligi mumkinmi?

Yangi qaror chiqqanidan keyin nodavlat universitetlarning diplomi tan olinmasligi mumkinmi?

Nodavlat oliygohlarda o’qiydigan yoshlarda quyidagi savollar bo’lishi tabiiy:

— Yangi qaror chiqqanidan keyin nodavlat universitetlarining dipomi tan olinmasligi mumkinmi?
— Men o’qiyotgan nodavlat universiteti yopilib ketmaydimi?

Avvalo ta’kidlash lozimki, davlat dasturi loyihasida ushbu yangi normativ-huquqiy hujjat nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlashda raqobatbardoshlikni oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilishi belgilangan.

Ya’ni nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari mavqeni yanada mustahkamlash va sharoit yaratish nazarda tutilgan. Hozirgi paytda nodavlat universitetlar yurtimizda oliy ta’lim qamrovini oshirish va yoshlarning ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Shunday ekan litsenziyalangan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o’qiyotganlar xavotir olmasa ham bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy ta’lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

©️ Oliygoh.uz – ta’lim plaftormasi

 

“Registon” o’quv markazining “Universitetlarga tashrif” loyihasi. Videolarni ko’rish uchun havola ustiga bosing: https://youtube.com/playlist?list=PLOLz2vuEAiKK72RFIFKSVr6ZP7RarRh4d&si=EnSIkaIECMiOmarE